TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1345

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna5,710Qhawasqa yupay
Riqchachisqa28 Oct28-10-2022, 01:29 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

iOS praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi? My first app UiKit freymvorkidan foydalanib, o’quvchilar o’zlarining birinchi dasturini yozadi. Bu dastur orqali o’quvchilar o’rganganlarini tajribada sinab ko’rishadi. Chat App Firebase tizimidan foydalangan holda, ikki kishi o’rtasidagi muloqotni ta’minlab beruvchi xabarlashuv dasturini tuzadilar. Bu dasturni tuzish davomida o’quvchilar login, ro’yxatdan o’tish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o’rganishadi. Weather app Ob havo dasturini tuzish orqali o’quvchilar API bilan ishlash, serverdan olingan ma’lumotlarni telefon xotirasiga saqlash, o’chirish va o’zgartirish kabi ishlarni o’rganishadi. Todo app O’quvchilar “To do” dasturini ishlab chiqishadi. Bu dasturni tuzish davomida o’quvchilar asosan yangilik sifatida iOSning mahalliy bildirishnoma (notification) lari bilan ishlashni o’rganishadi. Shop app O’quvchilar Shop app tuzish jarayaonida har xil animatsiyalar bilan ishlashni va bir vaqtning o’zida ham iPhone va iPad uchun repsonive UI (foydalanuvchi interfeysi) qilishni o’rganishadi. Movie App Bu dasturni yozish davomida o’quvchilar asosan chiroyli, toza va yuqori darajadagi kodlarni yozishga e’tibor berishadi. Bunday kodlarni yozishga odatlanish o’quvchilarni kelajakdagi real loyihalarida ishlashiga yordam beradi. Kurs sahifasi: praktikum.mohirdev.uz/ios-praktikum @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi