TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1351

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna7,780Qhawasqa yupay
Riqchachisqa1 Nov01-11-2022, 05:57 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Ishingizni osonlashtiruvchi "qaynoq" tugmalar Sichqoncha orqali bajariladigan amallar bir muncha vaqtingizni o'g'irlab qo'yishi mumkin, ushbu amallarni klaviatura orqali bajarsangiz, uni ancha tejab qolgan bo'lasiz. Bir qarashda orasidagi farq sekundlarni tashkil qilsa-da, ammo bir oy, bir yilni hisobga olganda, umringizning necha daqiqasini sarf qilayotganingiz ayon bo'ladi. Quyida keltirilgan amallar ishingizni yanada unumdor qilishiga ishonamiz: Win+E = File explorer dasturini ochish Win+A = Asosiy buyruqlar panelini ochish Win+L = Kompyuterni qulflash Win+D = Displeydagi fayllarni yopish ALT+Tab = Fayllarga oson va tezkor o'tishish Win+ko'rsatgich tugmalar ←↑→ = fayllarni displeyning istalgan joyiga surish Win+I = Sozlamalar bo'limi ochish F5 = Yangilash F2 = Faylni qayta nomlash Win+S = Qidiruv bo'limini ochish Win+X = Tezkor buyruqlar panelini ochish Win+Ctrl+D = Qo'shimcha ishchi oynasini hosil qilish Ctrl+Z = Bitta oldingi amalga qaytarish Ctrl+Y = Ctrl+Z orqali qilingan xatoni tog'irlasangiz bo'ladi Telegram | Instagram | Youtube