Willakuy ukhu
⚡️Yoshlaruchun IT sohasida bepul ta'lim olish va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonga start berilmoqda Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda. Festival davomida siz bepul onlayn ta'lim olasiz. Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etishingiz, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g'olibi bo'lishingiz mumkin. Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: Raqamli oromgoh. Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganadilar. 2-bosqich: Xakaton. Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarsovrin jamg'armasi 200 million so'mlikxakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar. Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi: - Ta'lim - Ayollar huquqlari - Ekologiya - Turizm 🎁Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi uch o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o'rin: Noutbuk 2-o'rin: Planshet 3-o'rin: eReader Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi ⏰ Festival 12-noyabr kuni start oladi. Qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish uchun:mohirdev.uz/mohirfest Bizning sahifalarimiz: 🕊@yoshlaragentligi📱Instagram📱Facebook📺YouTube