Willakuy ukhu
🔥Bu maslahatlarga amal qilsangiz, onlayn kurslardan maksimal foyda olasiz Koʻpchilik onlayn kurslar sotib olib, baʼzi bir sabablarga koʻra kursni oxirigacha tugata olmay, darslarni keyinga surishadi. Sabab diqqatni oʻqishga jamlash oson emas. Chalgʻituvchi narsalar juda koʻp, ijtimoiy tarmoqlar, tugʻilgan kun, uchrashuvlar, uyqu... Bularning hammasi darslarni keyinga surishga sabab boʻladi. Agar sizda ham shunday muammo boʻlsa, siz mutlaqo yolgʻiz emassiz va bu postni diqqat bilan oʻqishingiz kerak! Onlayn kurslardan qanday qilib maksimal darajada samarali foydalanish mumkin? 1. Maqsadingizni aniqlab oling Maqsadingiz jiddiymi oʻzi? Nimaga erishmoqchisiz? Yarim yoʻlda ortga qaytasizmi yoki maqsadingizga erishguningizcha toʻxtash yoʻqmi? Shu haqida oʻylash uchun alohida vaqt ajrating va maqsadlaringiz roʻyxatini tuzib chiqib, unga kuniga bir-ikki marta koʻz yugurtiring. Bu sizga eng katta motivatsiya boʻlsin! Unutmang, motivatsiya ichingizda boʻlsin, uni tashqaridan izlamang. 2. Oʻzingiz uchun alohida oʻquv maydoni ajrating Oʻqish uchun alohida boʻsh xonangiz boʻlmasa ham, siz uyning televizor, shovqindan uzoq boʻlgan sokin qismida dars qilish uchun joy yarating. Bu aynan dars qiladigan joyingiz boʻlsin. Alohida oʻquv maydoniga ega boʻlishning yana bir afzalligi sizda dars qilish ongi paydo boʻladi. Xuddi oshxonani koʻrsangiz tamaddi qilgingiz, yotoqxonada uhlagingiz kelganidek, oʻquv maydonida dars qilish koʻnikmasiga ega boʻlasiz. 3. Kechiktirishga “YOʻQ” deb javob bering Odatda onlayn kurslar tayyor holatda va koʻrish uchun chegaralanmagan boʻladi. Shunda siz “Dushanbadan boshlayman, buni xohlagan vaqtim koʻrishim mumkin, ertalab soat 5:00da turib “svejiy kallaga” dars qilaman, hozir ishlar koʻp, “ kabi yod boʻlib ketgan “vaʼdalarga” aldanishingiz mumkin. Intizomli boʻling, oʻquv rejasini tuzib chiqing. Chalgʻituvchi narsalarni cheklab qoʻying. 4. Oʻquv guruhlarida, meeting, ovozli chatlarda faol boʻling Kursdoshlaringiz bilan suhbatlashing, balki uchrashib, birga oʻrganishingiz mumkindir. Muammolaringizni ular bilan birga baham koʻring va hamkorlikda oʻrganishga harakat qiling, yolgʻiz emasligingizni his qiling. Guruhlarda boshqalarga yordam berish bilan ham bilimingizni mustahkamlaysiz, ham hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlasiz. Ijobiy suhbatlar qurish, sizni xavotir va stressdan qutqaradi. 5. Tanaffus qilish esingizdan chiqmasin! Oʻqish davomida tanaffus qilish juda muhim. Bunda ozgina yurish, sayr, toza havodan nafas olish sezilarli yordam beradi. Agar ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor koʻrishga oʻtirsangiz bu sizni battar charchatishi mumkinligini unutmang. Siz onlayn kurslardan foydalanishda qanday metodlardan foydalanasiz? izohlarda ulashishni unutmang 😉⠀ Kurslarga ro'yxatdan o'tish @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube