TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1384

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna10,300Qhawasqa yupay
Riqchachisqa15 Nov15-11-2022, 11:15 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Fikrlashni kuchaytiruvchi foydali resurslar⠀ Logika va IT bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir. Mantiqiy fikrlashingiz qanchalik yaxshi boʻlsa, ishda boʻladigan turli xil muammolarga tezkorlik bilan yechim bera olasiz. Shuning uchun ham ish beruvchilar intervyuda doimiy ravishda nomzodlarning fikrlash doirasini bilish uchun sinovlar oʻtkazishadi. Quyida sizlarga logikani kuchaytiruvchi servislarni qoldirdik: ❇️BrainExer.com Xotirani kuchaytiruvchi mashqlar toʻplami hamda logika uchun foydali oʻyinlarga boy sayt. Undan tashqari smartfonlar uchun ilovasi mavjud boʻlib, shaxsiy kun tartibingizga mos ravishda shugʻullanish imkoni bor. ❇️CogniFIT.com Eng foydali servislardan biri boʻlib, undan Yevropaning baʼzi maktablarida, shuningdek oila psixologlari doimiy ravishda foydalanib keladi. Saytdagi mashqlar maxsus mutaxassislar tomonidan tuzilgan boʻlib, logikani rivojlantirishga sezilarli ravishda hissa qoʻshadi. ❇️Wikium.ru Miya faoliyatini yaxshilash va kognitiv funksiyalarni rivojlantirish uchun onlayn platforma. Siz onlayn oʻyinlar, simulyatorlar yordamida diqqatni jamlay olasiz, xotirangizni kuchaytirasiz, fikrlashingiz oʻstira olasiz. Eʼtiborli jihati shundaki, platforma sizni dastlab sizni sinovdan oʻtkazadi, shundan soʻng darajangizga mos ravishda mashqlar jadvalini tuzadi. ❇️Brain Blow Oʻyin oʻynashni yaxshi koʻruvchilarga bu servis yoqsa kerak. Ilova sizga turli xildagi oʻyinlar, mantiqiy savollar, jumboqlar, topishmoqlarni taqdim qiladi. Oʻyin davomida sizni sinovdan oʻtkazadi va yakunda rivojlanishingiz uchun mashqlar toʻplamini taqdim qiladi. Telegram | Instagram | Youtube