Willakuy ukhu
Muvaffaqiyatli karyera qurishni istaganlar uchun⠀ Agar birinchi ishingizga endigina erishgan bo'lsangiz, keltirilgan maslahatlar sizning foydangizga ishlaydi. Xususan, muvaffaqiyatli karyerani orzu qiladigan har qanday mutaxassis oʻz ishiga sidqidildan yondashishi afzaldir. Xoʻsh, qanday qilib ishda muvaffaqiyat qozonish mumkin? 1. Ish beruvchining maqsadlarini toʻgʻri tushunish Kompaniya ichidagi atmosferaga koʻnikishga harakat qiling. Boshliq yoki menejer bilan doimo yaxshi aloqada boʻling. Ularni berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada bajarishingizga ishontiring. 2. Yuqori kayfiyat Ishda hamma narsa boʻlishi mumkin. Qiyin vaziyatlarda, tabiiyki, jamoaning kayfiyatini tushib ketadi. Qolaversa, bu ish surʼatiga ham taʼsir qiladi. Yaxshi xodim nafaqat oʻzini, balki jamoadoshlarini ham oldinga unday oladi. 3. Yakdillik Kompaniya oʻsishi uchun oʻz shaxsiy manfaatlarini ishdan ustun qoʻymaydigan xodimlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Birdamlikdagi harakat sizni karyerada oʻsishingiz uchun xizmat qiladi. 4. Gʻiybat Afsuski, jamiyatimizda ildiz otgan bu illat odatiy holga aylanib qoldi. Baʼzi bir odamlar mansab pillapoyalaridan koʻtarilish uchun hamkasblarini boshliqlariga yomonlaydi. Ishoning, mana shu harakat sizning karyerada singaningizni anglatadi. Aqlli boshliq, bu ishingizdan xulosa qiladi, siz esa kompaniya bilan xayrlashaverasiz. Jamoa ham bir oila, undagi sir uning ichida qolishi kerak. 5. Masʼuliyat Sizga ishonib topshirilgan vazifani chin dildan bajarishga harakat qiling. Komfort hayotga oʻrganib qolmang. Dangasalikdan voz keching. Masʼuliyatli boʻlsangiz, kompaniyada ham hurmat topasiz. 6. Deadline Biz buni deyarli har yozgan postlarimizda eslatib oʻtamiz. “Bugungi ishni ertaga qoʻyma” degan maqol bekorga aytilmagan. Avval aytib oʻtganimizdek, shaxsiy manfaatlarni ishdan ustun qoʻymang. Telegram | Instagram | Youtube