Willakuy ukhu
🎉Tabriklaymiz, siz dasturlashni o’rganishga qaror qildingiz. Lekin bitta muammo bor… qaysi dasturlash tili? Tanlov ko'pligidan, biror dasturlash tilini tanlash juda qiyin jarayonga aylanadi. Ba'zan esa o'rganuvchilar boshqalarning fikriga asoslanib bir dasturlash tilidan ikkinchisiga sakrab yurishadi va oltinga teng vaqtlarini yo'qotishadi. Bu jarayonni osonlashtirish uchun boshlang'ich o'rganuvchilar o'zlariga quyidagi savollarni berib, o'zi xohlagan tilni tanlashlari kerak: Qanday loyihalar qilish mumkin. Qanday loyihalarda ishlamoqchi bo’layotganingizga qarab tilni tanlaganingiz ma’qul. Talab. Nechta kompaniya bu dasturlash tilida ishlovchi dasturchilarni qidirishmoqda? Ishga joylashish qanchalik qiyin? Ba’zi dasturlash tillariga bo’lgan talab boshqalarga qaraganda baland bo’ladi. Bu tilni ishlatayotgan dasturchilarning o’rtacha oyligi. Tanlayotgan tilingiz orqali qancha daromad ko’rishingiz mumkin? Qaysi dasturlash tilidagi boshlang’ich dasturchilar eng ko’p topayapti? Tajriba oshishi bilan qaysi dasturlash tilidagi dasturchilarning daromad darajasining o’sish ehtimoli yuqori? O’rganish qiyinlik darajasi. Agar bu dasturlash tilini o’rganishga kirishsangiz, o’rganish jarayoni yoqimli bo’lishiga ko’zingiz yetadimi yoki teskarisi? Bu tilni o’rganishni boshlash osonmi yoki yetarlicha boshlang’ich talab qilinadimi? Dasturchilarning fikri. Boshqa dasturchilar bu til bilan ishlab mazza qilishayaptimi yoki boshqa dasturlash tiliga o’tish niyatidami? Kelajakda ham aktual bo’lishi. Bu dasturlashga 5 yildan keyin ham talab bo’ladimi? O’rganishga 6 oy yoki 1 yil sarflaganingizdan keyin bu til trendda bo’ladimi? Post foydali bo'lgan bo'lsa, dasturlashni o'rganish niyatidagi yaqinlaringiz bilan ulashing. Telegram | Instagram | Youtube