Willakuy ukhu
100 nafar imkoniyati cheklangan bolaga 150 million so‘mlik vaucher berildi 3-debakr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Mohirdev homiylardan biri bo'ldi va imkoniyati cheklangan bolalarga o‘z kurslarida o‘qish imkoniyatini taqdim etdi. Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan nogironlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasida 100 nafar bolaning har biriga 1,5 million so‘mdan, jami 150 million so‘mlik vaucher berildi. Endi ular Mohirdev.uz platformasida xuddi shuncha summadagi kursni bepul o‘qishlari mumkin. Bundan tashqari, tadbir doirasida AKT vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Fargʻona filiali tomonidan yangi imkoniyatlar berildi hamda Raqamli texnologiyalar markazi, ITeach, Codial, Ali dizayn akademiyalarida bepul oflayn o'qish uchun vaucher taqdim etildi. Mohirdev.uz — cheklanmagan IT ta’lim Telegram | Instagram | Youtube