TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1419

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna8,490Qhawasqa yupay
Riqchachisqa7 Dic07-12-2022, 08:28 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Android praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi? Boshlang'ich bilim talab qilinmaydigan kursda quyidagi loyihalarni bajarib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz: 1. Inventory Management Kotlin dasturlash tilini o’rgansih davomida olingan bilimlardan amalda foydalanish va ularni mustahkamlash maqsadida qilingan, kichik do’konlardagi mahsulotlarni va xaridorlarni boshqarish uchun consoleda ishlaydigan dastur. 2. Random Tasodifiy raqam chiqarib beruvchi va kirtilgan katta ro’yxatni tasodifiy tartibga o’tkazib beruvchi dastur. Ushbu dasturda Android XML da dizayn chizishda ishlatilagadigan asosiy Layout va Viewlar ishlatiladi. Activity haqida asosiy tushuncha beriladi va bir nechta ishchi ekranli dastur tuziladi. 3. Communicator Android sistemadagi o’zgarishlar haqida xabar olish va sistemadagi boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish uchun qilingan dastur. Ikkita dastur yaratilib, bir biri bilan o’zaro ma’lumot almashishi ko’rsatilgan. 4. Ecommerce Onlayn do’kon va ular uchun qilingan mobil dasturlarga hozirgi kunda talab ko’payib bormaqda. Ushbu loyihada ecommerce uchun MVP sifatida ishlatsa bo’ladigan darajadagi va 15+ ishchi oynasidan iborat dastur qilinadi. Onboarding, authentication (kirish, ro’yxatdan o’tish), asosiy ekran, qidiruv, kategoriyalar, mahsulotlarni savatga qo’shish, buyurtma berish kabi funksiyalar amalda qilib ko’riladi. 5. Messenger Firebase servislaridan foydalangan holda, real vaqtda ishlay oladigan messenjer (xabar almashinuvi dasturi) tuziladi.. Telefon raqamni sms kod orqali tasdiqlab olib, ro’yxatdan o’tish funksiyasi amalda qo’llaniladi. Oddiy xabarlar yuborishdan tashqari, rasm yuborish funksiyasi ustida ishlanadi. Kurs haqida batafsil ma'lumot Tel: 781131310 Telegram | Instagram | Youtube