TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1424

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna8,680Qhawasqa yupay
Riqchachisqa10 Dic10-12-2022, 09:28 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

⚙️ Python haqida⠀ Bu post orqali Python dasturlash tili haqida ma'lumot olasiz. Qayerlarda ishlatiladi? Mashine learning,Sun’iy intellekt, veb dasturlash,data science, business applications,mobile ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter ilovalarini ishlab chiqish, mikrokontrollerlar, veb saytlarni ishlab chiqish, IOT qurilmalari, devOps, tizim boshqaruvi va hatto video o'yinlar. O'rganish darajasi: O'rganish va foydalanish oson Dasturchilarning fikrlari: Stackoverflow so'rovnomasiga ko'ra, dasturchilarning 67,8 foizi ularga Python yoqishini bildirgan. Dasturlash olamiga endigina qadam qo’yganlar uchun Pyhon ideal tildir. O’rganish oson. Sintaksisi ingliz tiliga o’xshashligi uchun tez tilga moslashib olish mumkin. Bu esa boshqa tillarga nisbatan sizda “bosh og’riq” kamroq bo’lishini anglatadi :) Yangi boshlanuvchilar uchun juda qulay bo'lishidan tashqari, u "universal" tildir, ya'ni u muayyan turdagi loyiha bilan cheklanmaydi va machine learning, sun'iy intellekt, data science va boshqa sohalarda qo'llanilishi mumkin. 1991-yilda yaratilgan bo’lsada, Python hozirda jadallik bilan o’smoqda. Google (qidiruv tizimi va Youtube uchun) va Meta kabi yirik kompaniyalar Pythonning “kattalashtirish” imkoniyatini bergani uchun uni ishlatilishadi. Nafaqat bunday yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta biznes ham Pythondan aktiv foydalanib, o’zlarining loyihalarida ishlatib kelishmoqda. Hattoki, ko’plab dasturlashdan xabari bo’lmagan, marketologlar, moliyachilar Pythonda skript yozib, o’zlaridagi vazifalarni avtomatlashtirib, ishini yengillashtirmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: 1. Python o'rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir; 2. Kodni o'qish juda oson; 3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi; 4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin; 5. U Obyektga Yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi; 6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi; 7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin. 🔗Full Stack Python Praktikum kursimizga ro'yxatdan o'ting ☎️ 781131310 Telegram | Instagram | Youtube