TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1426

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna10,500Qhawasqa yupay
Riqchachisqa11 Dic11-12-2022, 11:18 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

​​Bo'sh vaqtingizda ko'rishingiz mumkin bo'lgan, dasturlashga aloqador seriallarni bir joyga jamladik: 1. The Billion Dollar Code (2021) 2021-yil Netflix tomonidan suratga olingan serial real voqealarga asoslangani uchun qiziq. Syujetga ko'ra, Google Earth asosini tashkil qiluvchi algoritmni 2 nemis dasturchilaridan Google "o'g'irlab oladi' va yillar o'tib, bu dasturchilar Googleni sudga berishadi. 4 qismdan iborat serialni ko'rib, 90-yillardagi dasturlash muhitini xis qilishingiz mumkin. 2. Sillicon Valley (2014-2019) Komediya janrda olingan serialda Sillikon Vodiysi, startaplar o'ziga xos tarzda ochib berilgan. Serial davomida Pied Piper deb nomlangan startapning o'sishi va qulashini ko'rishingiz mumkin. 3. Devs (2020) Kvant kompyuteri, nazariy fizika, big-data, yangi texnologiyalar, dasturlash aralashgan falsafiy va jinoiy trillerlarga qiziqsangiz, bu miniserial aynan siz uchun. Fikrlashga majbur qiladigan serial. 4. Mr. Robot (2015-2019) Kunduzi kiberxvafsizlik mutaxassisi, kechasi esa xakker sifatida faoliyat yuritadigan Elliot atrofida bo'lib o'tadigan voqealar haqida serial hikoya qiladi.