Willakuy ukhu
⚡️dotNET haqida dotNET (.NET) Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan freymvork bo’lib, saytlar, desktop va boshqa platformalar uchun dasturlar yozish imkonini beradi. Undagi kutubxona va yordamchi “tool”lar dastur yaratish va uni yaxshilashda katta yordam beradi. Sodda tilda tushuntiradigan bo’lsak: Tasavvur qiling, siz bosh oshpazsiz. Sizda barcha mahsulot va ingridientlar bor lekin ulardan foydalanib, ovqat tayyorlash uchun maxsus retsept kerak bo’ladi. dotNETni ham dasturlashning “retsepti” desak mubolag’a bo’lmaydi. U dasturchilarga loyihani tugatish uchun “tool”lar beradi. dotNET bilan ko’p loyihalar ustida ishlasa bo’ladi. Masalan, saytlar, mobil dasturlar yoki desktop dasturlari. Ko’pchilik dasturchilar dotNETni tanlayotganini sabablaridan, ishlatish oson ekanligi va doimiy Microsoft tomonidan yangilanib borishi deb aytish mumkin. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube