TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1477

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna8,290Qhawasqa yupay
Riqchachisqa1 Ene01-01-2023, 01:59 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Data Science haqida Data Science (Maʼlumotlar ilmi) bu matematika, statistika va dasturlash oʻzaro uygʻun holatda maʼlumotlar bilan ishlaydigan sohadir. U juda tez rivojlanib kelayotgani bilan birga, juda koʻp sohalarda ishlatilmoqda. Masalan, moliya, sogʻliqni saqlash, marketing shular jumlasidan. Sodda qilib tushuntiradigan boʻlsak: Tassavur qiling, siz Sherlok Holmes kabi detektivsiz. Detektiv sifatida sirli ishlarni ochish uchun barmoq izlarini yigʻib, DNK tahlillarini oʻtkazishingiz va guvohlarning koʻrsatmasini olishingiz mumkin. Undan keyin qoʻlingizdagi materiallardan foydalanib, ishni ochishga kirishishingiz mumkin. Data Science mutaxassislari ham maʼlumotlarni yigʻib, ularni tahlil qilib, muammolarni hal qilishadi. Data Science mutaxassislari maʼlumotlarni tahlil qilish uchun turli xil usul va vositalardan foydalanishadi. Masalan, ular maʼlumotlar vizualizatsiyasi uchun tayyor dasturdan foydalanishlari, kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish uchun modellar yaratishlari yoki maʼlumotlardagi oʻxshashliklarini aniqlash uchun Machine Learning algoritmlaridan foydalanishlari mumkin. Maʼlumotlarni tahlil qilish orqali data science mutaxassislari bizneslarga yaxshiroq qaror qilish, mahsulot va servislarini yaxshilash va murakkab muammolarni yechishga yordam beradi. Shu sabab tufayli, bunday mutaxassislarga talab kundan-kunga ortib bormoqda. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube