TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #1527

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna5,860Qhawasqa yupay
Riqchachisqa18 Ene18-01-2023, 06:26 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

​⚡️Android dasturchi bo'lish uchun yo'l xaritasi Sizda bugungi tadbirda ishtirok etish imkoni bo'lmadimi? Unday bo'lsa bu galgi imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Android Developer Roadmap deb nomlangan navbatdagi tadbirda ko'pchiligimizga tanish bo'lgan, kuchli 4 nafar mutaxassislar o'zlarining ko'p yillik tajribalari asosida sizga mohir dasturchi bo'lish yo'l xaritasini ko'rsatib berishadi. Tadbir speakerlari: Axrorxo'ja Yodgorov - EPAM Systems, Super Dispatch Sardor Islomov - Payme, Kodeco, GDG Tashkent Azamat Majidov - iTechArt, GDG Tashkent Nurulloh Mirsaidov - Sphere, Axonista, Super Dispatch Uchrashuv davomida speakerlar Android dasturlash o'rganish, xalqaro kompaniyalarda Android dasturchi sifatida ishlash, dasturlashni o'rganishda yo'l qo'yiladigan ko'p takrorlanuvchi xatolar va ularni oldini olish kabi mavzularga to'xtalib o'tishadi. Dasturlash, xususan Android va mobil dasturlashga qiziqqan barchani tadbirda kutib qolamiz. Soha ekspertlaridan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish va sohaga qiziquvchi tengdoshlaringiz bilan tanishish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. 📅 Tadbir 21-yanvar, shanba kuni soat 14:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi. 🔗Ro'yxatdan o'tish Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling