Willakuy ukhu
🤩 Ayol-qizlar uchun podkastlar seriyasi davom etadi "Women in Tech"loyihasida muvaffaqiyatga erishgan ayol-qizlar bilan suhbatlar olib boriladi Jamoa bilan qanday samarali ishlash mumkin? Buning uchun qanday ko'nikmalar talab etiladi? Universitetda olgan bilimlarim ishlash uchun yetarlimi? Agarda yuqoridagi kabi savollar sizni qiziqtirayotgan bo'lsa loyihaning 2-sonida EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer vazifasida ishlab kelayotgan Xojarbu Xaitmetova bunga javob berib o'tdilar. "Jamoada ishlash va soft skillarni rivojlantirish" mavzusida bo'lib o'tgan suhbatda ayol-qizlarning AyTi olamida tutgan o'rni, jamoada ishlashning afzallik tomonlari hamda, ish va shaxsiy hayotdagi muvozanatni to'g'ri boshqarish haqida tavsiya va maslahatlar berib o'tildi. 🔴 Suhbat premyerasini bugun, soat 20:00 da YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin. 👉🏻Premyerani ko'rish Telegram | Instagram | Youtube