Willakuy ukhu
🤩JavaScript bo'yicha maxsus tadbir Mohirdev va Uz Javascript Community dasturlash sohasida ishlab kelayotgan, sohaga qiziqishi bo'lgan barchani "Uz JavaScript MeetUp" deb nomlagan tadbirga taklif etadi. Tadbirda ko'p yillik ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar Shoxrux Rashidov, Muhammadxon Najimov hamda, Islom Toshpo'latovlar sohadagi zamonaviy texnologiyalarga oid bo'lgan quyidagi mavzularda o'z bilimlarini ulashadilar: - Unit testing va Jest - Graphics programming on Web - Graphql from zero to hero Uchrashuv davomida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob olish va foydali "networking qilish" imkoniyatiga ega bo'lasiz. 📅 Tadbir 28-yanvar, soat 10:00 da Mohirdev ofisida bo'lib o'tadi 👉🏻 Ro'yxatdan o'tish Ishtirok etish bepul, ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling.