TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
😇 "MohirDev" ta'lim platformasi "AloqaVentures" fondidan 250 000 AQSh dollar investitsiya jalb qildi Hozirda 50 000 dan ortiq o'quvchiga ega bo'lgan "MohirDev" yurtimizdagi eng yetakchi onlayn ta'lim platformasi hisoblanadi 📈 "AloqaVentures" venchur fondi "MohirDev" platformasi qiymatini 5 000 000 AQSh dollariga baholadi va unga 250 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Jalb qilingan investitsiya mablag'lari joriy kurslarni yaxshilash, yangi kurslar tayyorlash, foydalanuvchilar bazasini ko'paytirish va platformadagi imkoniyatlarni kengaytirishga yo'naltiriladi. ⚡️ Joriy yilda 30 dan ortiq yangi kurslarni ommaga taqdim etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yana bir venchur fondi bilan muzokaralar davom etmoqda.