Willakuy ukhu
🟢UX/UI dizayn sohasiga qiziquvchilar diqqatiga 16-sentabr, soat 16:00 da Design Sprint 2.0 Workshop tashkil qilinmoqda Design Sprint 2.0 bu AJ&Smart tomonidan takomillashtirilgan 4 kunlik dizayn jarayoni hisoblanadi. Bunda katta muammolar va yangi g'oyalar test qilib ko'riladi. Tashkil qilinayotgan workshop 4 kun emas, balki 3 soat davom etadi. Workshop o'tkazishdan asosiy maqsad dizaynga qiziquvchi insonlarni jamoa bilan ishlash, muammolarni tez yechish va turli g'oyalarni test qilib ko'rishni o'rgatishdir. Workshop davomida qatnashuvchilarga 2 ta boshlovchi va 1 ta mentor yordam beradi. Bunda qatnashuvchilar jamoalarga bo'linishadi va berilgan muammo ustida jamoaviy ishlashadi. G'olib jamoaga MohirDev tomonidan esdalik sovg'alari va "UX/UI dizayn" kursi uchun chegirma taqdim etiladi. 👉 Ro'yxatdan o'tish Qatnashuvchilardan kompyuter olib kelish va dizayn sohasidagi tajriba talab qilinmaydi.