Willakuy ukhu
⚡️"No-Code" platformalari haqida Hozirgi kunda "no-code" ya'ni kod yozish talab qilinmaydigan platformalar saytlar va dasturlarni tuzish imkonini bermoqda. Ko'pchilik bu platformalarni tez va kam harajatligi tufayli tanlashmoqda. Mashhur "no-code" yechimlar: ✅ Wordpress. Internetdagi saytlarning 45.8% aynan Wordpress asosida tuzilgan. Platforma orqali oddiy blogdan tortib, internet do'kongacha tayyorlash mumkin. ✅Tilda. Asosan bir sahifalik saytlar tuzish uchun ishlatiladigan platforma o'zining sodda va tushunarli interfeysi bilan ajralib turadi. ✅Shopify. Internet do'kon tuzish uchun foydalaniladigan platforma o'zining keng imkoniyatlari tufayli elektron tijorat sohasidagilar orasida mashhur. Bu platformalari orqali tez va oson saytlar tuzish imkoni bo'lsa-da, murakkab tizimlar qurib bo'lmasligi kamchilik hisoblanadi. Shu sababli, rivojlanyotgan bizneslar dasturchilar yordamida 0 dan tizim qurishga harakat qilishadi. Siz yana qanday "no-code" platformalarini bilasiz?