TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #2096

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna6,860Qhawasqa yupay
Riqchachisqa20 Nov20-11-2023, 07:21 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

❔Kimlar "no-code" platformalaridan foyda olishlari mumkin? Dizaynerlar. Grafik, UX/UI dizaynerlar o'zlari dizayn tayyorlab, ularni sayt holatiga keltirish uchun Tilda, Wix, Webflow kabi platformalardan foydalanishlari mumkin. Bu o'z navbatida ularning daromadini oshiradi. Kasbini o'zgartirmoqchilar. Texnik bilim talab qilmaydigan sohalarda ishlab turgan lekin AyTida karyera qilishni xohlovchi insonlar Wordpress, Tilda kabi platformalar yordamida ish bozorida o'z xizmatlarini taklif qilishlari mumkin. Marketing, sotuv, loyiha boshqaruvi kabi sohalardagi mutaxassislar. Bu soha vakillari muammolariga yechim topishlari mumkin. Masalan, Appsheet yordamida jarayonlarni avtomatlashtiruvchi dasturlarni tuzish mumkin Startap qilish niyatidagilar. Biznes g'oyalarni tez realizatsiya qilish uchun eng qulay yo'l bu "no-code"dir. Kam xarajat va vaqt sarflab, prototip tayyorlash imkonini beradi. Masalan, Wordpress platformasidagi maxsus pluginlar yordamida turli xildagi muammolarga yechim berish mumkin. Kichik biznes egalari. Katta mablag' talab qiladigan dasturlar o'rniga Appsheet, Wordpress (maxsus pluginlar) kabi platformalardan foydalanib, biznes egalari ish jarayonlarini tizimlashtirishlari mumkin. Agar siz yuqoridagi insonlar guruhidan biriga kirsangiz, bizda siz uchun yangilik bor. Tez orada e'lon qilamiz.