TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MohirDev.uz
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #2172

@mohirdev

MohirDev.uz

Qhawasqakuna6,610Qhawasqa yupay
Riqchachisqa19 Dic19-12-2023, 08:30 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Bor yo'g'ing bolg'a bo'lsa, hamma narsa mix bo'lib ko'rinadi 🔨 "Golden Hammer" - dasturlash olamida "Oltin bolg’a" nomli nisbiy tushuncha mavjud. Bu dasturchining bitta dasturlash tili yoki texnologiyasiga haddan tashqari ishonish tendensiyasini bildiradi. Agar o'zingizning "oltin bolg’angizga" ishonib qolsangiz: - Yangi muammolar va talablarga moslasha olmaysiz; - Kodlaringiz samarasiz, xatolarga moyil bo'lishi va uzoq xizmat qilmasligi mumkin; - Yaxshiroq vositalardan imkoniyatini qo'ldan boy berasiz. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun: - Yangi tillar va texnologiyalarni o'rganishga ochiq bo'ling; - Muammolarni hal qilishda turli xil yondashuvlar bilan tajriba o'tkazishga tayyor turing; - O'z ishingizga tanqidiy munosabatda bo'ling va kerak bo'lganida o'zgarishlar qilishga tayyor turing. 😎 Mohirdev bilan turli xil dasturlash tillari va texnologiyalarini o'zlashtiring. Faqatgina "bolg’a" emas, turli xil uskunalarga ega mohir mutaxassis bo'ling! 👉🏻Kurslarga ro'yxatdan o'tish 📞 +998-78-113-13-10