Willakuy ukhu
Loyiha muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhimi qaysi biri deb o'ylaysiz? - Yaxshi mutaxassis? - Yaxshi boshqaruvchi? - Yaxshi loyiha? - Yaxshi resurs? Yuqoridagilar ham loyiha uchun muhim narsalar hisoblanadi. Lekin shaxsan men uchun yana ham muhimroq bo'lgan "menejment"dir. Menejmentsiz ishlash juda ko'p noqulayliklarga, muammolarga olib keladi. Biz ishxonamizda Agiledan foydalanamiz. Vazifalarni jamoa a'zolariga taqsimlash va statuslarini bilib turish uchun ClickUpdan foydalanamiz. Ishni kunlik meetupni o'tkazishdan boshlaymiz. Biz buni tikka turgan holda emas, "call" ko'rinishida o'tkazamiz. Jamoa a'zolari har kuni 3 ta savolga javob berishadi: - kecha nima ish qildim? - bugun nima ish qilaman? - qanday muammolar bor? Biror korxonaga ishga kirish uchun resume yuborayotganingizda o'sha kompaniyani o'rganing va ularda menejment bormi, qanaqa usullardan foydalanishini o'rganing. Agarda menejment yo'q bo'lsa yoki yaxshi bo'lmasa u kompaniyaga ishga kirishdan oldin juda yaxshilab o'ylab ko'rishni maslahat berardim. ©️ Sardor Dushamov