Willakuy ukhu
Oldin ko'p kod yozar edim, hozir bo'lsa ko'p gap yozaman, asosan Telegramda😅 Buni noto'g'ri tushunmang, chunki hozir jamoada CTO hamda TeamLeader vazifasini bajarib kelyapman. Kod yozmay qo'yganman, faqat ishchilar bilan gaplashaman, muammoga yechim topishga yordamlashaman. Bugunni o'zida barcha jamoa dasturchilari bilan muammolar haqida gaplashdim, mijozlar bilan ham muammo bo'lgan ekan, ertalabdan supportdagilar bilan gaplashib ularni hal qildik, DB adminimiz bilan gaplashdik, System adminimiz bilan ham, testerlar bilan ham, PM bilan ham. Kunim faqat gap sotish bilan o'tadi. Mani gapim qimmat😅 Bitta mani emas, kimda - kim sohasida tajribasi katta bo'lsa uning bir og'iz gapi ham, vaqti ham juda qimmat. PHP va Yii praktikum o'quvchilarining vazifalarini tekshirishga, savollariga javob berishga qo'ldan kelgancha vaqt ajratishga harakat qilaman.