TGINSIGHT POST
Post #14723
@mri_pressa
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI
Willakuy ukhu
#sport Harakatda hayot, birlikda kuch 18-aprel kuni Yangi O‘zbekiston bog‘i yana bir bor yoshlik shijoati va sog‘lomlik nafasi bilan to‘ldi. Soliq qo‘mitasi yoshlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollik, balki qalblarni birlashtirgan ilhom manbaiga aylandi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevralda yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida ilgari surilgan takliflar ijrosining amaliy ifodasi bo‘ldi. Velosipedlar g‘ildiragi tabiat bag‘rida jaranglab, har bir aylanishda sog‘lom turmush tarzi, tetiklik va erkinlik hissini uyg‘otdi. Turnik va bruslar atrofida esa kuch, iroda va qat’iyat sinovdan o‘tdi — har bir harakat o‘z ustida ishlash, har bir natija esa kichik g‘alaba bo‘ldi. Bu kun oddiy sport tadbiri emas, balki jamoaning birdamligi, ishonchi va kelajak sari dadil qadamlarining ifodasi bo‘ldi. 20 dan ortiq rahbar va xodimlar bir maqsad yo‘lida birlashib, sog‘lom hayotga intilishning yorqin namunasini ko‘rsatdilar. Chunki harakat — bu hayot, birlik esa yuksalishdir! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads