TGINSIGHT CHAT
Notion
@notions_uz
BlogsKhayitmurod’s Personal Blog: Subyektiv fikr va qarashlar, mutolaa qilgan kitoblarim va yana baʻzi manfaatli narsalar... Kofe bilan mehmon qiling, bogʻlansangiz uchrashamiz ham)) 6262 7300 8983 5518 Bogʻlanish uchun: @khayitmurodsafarov
Qhipan willakuykunap
Qillqa 1 / 10 · 118 willakuy
Riqchachisqa 10 Abr
Toshkentdagi TOP 5 piknik zona! 🌳 Tabiat bag‘rida dam olish va piknik uchun ajoyib zonalar: ➡️Ekopark (Hamid Olimjon ko‘chasi) ➡️Botanika bog‘i (Bog‘ishamol ko‘chasi) ➡️ Yapon bog‘i (Amir Temur shoh ko‘chasi) ➡️Do‘stlik bog‘i (Bobur ko‘chasi) ➡️Yangi O‘zbekiston bog‘i (Yangi O‘zbekiston ko‘chasi) Oila, do‘stlar bilan suhbat, tabiat, choy va quyosh ostidagi sokinlikni his qiling! Piknik uchun joy qidirayotgan yaqinlaringizga yuborib qo‘ying! ✏️Siz yuqoridagilardan tashqari yana qandaypiknik zonalarini bilasiz? 🌐Telegram | 🌐Instagram
Riqchachisqa 7 Abr
9900 so‘mga kasb o‘rganish mumkin! 🛍Osnova karyera platformasida barcha onlayn kurslarni atigi 9900 so‘mga sotib olish mumkin. 7-aprel kuni, o‘zining 1 yoshini nishonlayotgani munosabat bilan 7-9 aprel kunlari barcha kurslarga chegirmalar e’lon qilishibdi. Karyera platformasida: - Loyiha boshqaruvi; - SMM praktikum; - 1С Buxgalteriya; - Midjourney AI praktikum; - Figma, Tilda va boshqa ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun onlayn kurslar mavjud. 🖥 Barcha kurslar OSNOVA1 promokodi orqali atigi 9900 so‘m! Agar biror yangi kasb yoki ko‘nikmani egallamoqchi bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 👉https://my.osnovaedu.uz/student/courses/catalog Shaxsan o‘zim SMM kursini tavsiya qilaman, ishonchli)) O‘zim esa Loyiha boshqaruvi bo‘yicha kurslarini xarid qildim! ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 20 Dic
Oreol effekti Agar sizga biror blogerning maʼlum bir fikri yoqsa, ehtimol tashqi koʻrinishi, kiyinishi va ovozi ham yoqib qoladi va akincha. Insonda hamma narsani, hatto koʻrmagan jihatlarini ham, ijobiy (yoki salbiy) idrok etishga moyillik oreol effekti deb ataladi. Obyekt, shaxs yoki brendning bir yoki ikkita ijobiy (yoki salbiy) jihati butunlay unga nisbatan umumiy baho berishda asosiy rol oʻynaydi. Bu effektda shaxs yoki obyektning bir xususiyati (masalan, chiroyli tashqi koʻrinishi yoki muvaffaqiyat) boshqa xususiyatlari haqida notoʻgʻri, lekin ijobiy fikrlar hosil qiladi. Oʻqituvchi yozma imtihon natijalarini tekshirayotganda birinchi masalani toʻgʻri yechgan oʻquvchining ikkinchi masaladagi baʼzi xatoliklariga koʻz yumib, yaxshi baho qoʻyish ehtimoli yuqori. Birinchi taassurot har doim ham toʻgʻri emasligi, aslida shundan. Miyamiz, avtomatik tarzda maʼlum boʼlmagan narsalarni ham oldingilaridan qarab, umumiy baho berishga harakat qiladi. Marketing va reklamada esa brendlar ushbu effektdan unumli foydalanishadi. Insonlar va jarayonlarni obyektivroq baholashga harakat qiling! ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 7 Dic
Hajmi katta, boxabar boʻlish esa qiyin Atrofimizda axborot oqimi tezlashgan, oddiy telefonda koʻplab maʼlumotni isteʼmol qilamiz. Telegram, Instagram, YouTube va ulardan zeriksak TikTokga kiramiz. Bloger va mashhur insonlardan tortib, yaqinlarimizning sahifalarigacha kutamiz. Kuzatuv roʻyxatimiz minglab kanallar va sahifalarga yetadi. Kuzatmasak nimadandir qolib ketayotgandek his qilamiz. Ularning hayoti qiziqmi, fikri qiziqmi yoki faoliyati qiziqmi? Sayohatga chiqqani, xarid qilgani, sovgʻa olgani, qayergadir borgani, nimadir yegani, kuni qanday oʻtganini bildim. Keyin-chi… Minglab odamlarning hayotini bilish uchun qancha vaqt sarfladim va bundan nimaga erishdim? Kimningdir “luxury” hayoti ko’rib, boriga qoniqmaslik vasvasasi paydo bo’ldi, xolos. O’zgarish uchun sabab ham yaratmadi. Axborot hajmi katta, hamma narsadan boxabar boʻlishni imkoni yoʻq. Miyani ortiqcha axborot bilan toʻldiramiz. Sizga qaysidir trend video haqida gapirishsa, koʻrmagan boʻlsangiz yoki bilmasangiz ayb emas! Zamondan ortda ham qolmayapsiz. Filtrlab, miyani ortiqcha narsalardan xolos qiling, oʻrniga foydali bilimlar bilan toʻldiring! Nimaga shu paytgacha yozmayapman, chunki yozishga arzigulik narsam yo‘q. Miyangiz bo‘lsa, ortiq narsa bilan to‘ldirmoqchi emasman. ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 2 Oct
Nasmotrennost-nasmotrennost deysan, oʻzbekcha gapirchi? 🔥 Reklama, kommunikatsiya va kreativ sohasidagi insonlar orasida ”насмотренность” tushunchasi keng tarqalgan. “Kreativ ishlar qilmoqchimisan, nasmotrennost oshirishga harakat qil”, degan maslahatlarni eshitamiz. Bu uchun nima qilish kerak? Pultni olib, boshqa kanalga qoʻymasdan reklamani koʻrish kerak!😁 A yoʻgʻee, televizordagi kanalni emas, telegramdagi kanalimizdan uzoqlashmasangiz boʻldi. ☕️ Yosh kreatorlar uchun turli xalqaro festivallardan keyslarni berib boramiz, uzoqlashmang! Ketsa, boydan ketibdi, obuna boʻlib qoʻying, oʻrgilay! @YCreators — kreatorjon, bu yoqqa oʻrgilay!
Riqchachisqa 28 Ago
Oʻzi bir marta yashaymiz-ku... Koʻp narsani sinab koʻrishga undaydigan soʻzlar-a? Shu soʻz ortidan orzu-havaslarga berilib, qanoatli boʻlolmaymiz. Bir marta yashayapmiz-ku, deb, qimmatbaho telefon olamiz, yana shunaqada deb, qimmatbaho restoranda ovqatlanamiz. Odamzodning tabiati xirs, ochkoʻzlik va qanoatsizlikka moyil, baribir unga aqlsiz tarzda ergashamiz. Sarflaymiz-u, shu sarflaganimiz uchun necha kun tinimsiz ishlaganimiz yodimizdan chiqadi. Ketkazgan vaqtimiz, resurslarimiz shunga arziydimi? Har safar xarid oldidan Aziz Rahimovning posti yodimga tushadi. (Oʻqishni tavsiya qilaman) Oʻylab qolaman, qaror qabul qilish qiyin boʻladi, lekin yana hissiyotga berilib, aqlsiz tarzda ergashaman. ...ehtiyojlardan ortgan pullarni faqat resurslarga almashtirish kerak. (Ilm, bilim, kasb o’rganish, dam olish, sayohat, biznes) Ehtiyojdan ortishi uchun qanoatli boʻlish, ketkazayotgan vaqtga nisbatan taqqoslash kerak, nazarimda. ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 15 Ago
Qadri va qiymati sarmoyaga bogʻliq Biror narsaning qiymatini sezish va qadrlash, biz qanchalik sarmoya qilganimizga bogʻliq. Bu nafaqat moliyaviy, balki, vaqt, kuch va his-tuygʻularimizni ham oʻz ichiga oladi. Atrofga qarang, qadrli deb hisoblaydigan narsalaringizga qandaydir sarmoya kiritgansiz. Uzoq vaqt mablagʻ yiqqansiz, kutgansiz, kuch yoki qandaydir resurs sarflagansiz. Sarmoya qilish yoki kurashning kamligi qadrsizlanishga olib keladi. Bepul narsaning qadri yoʻq, degan tushuncha ham shuning sababidan, nazarimda. Sarmoya kiritilmaganidan tashlab qo’yilgan kurslar, videodarslar, kitoblar va narsalarimiz talaygina. Qadrini oshirishning yo’li — sarmoya kiritish. Bugun videodarsni ko’rmadingizmi, yaqiningizga qanchadir mablag’ bering. Doim eslatib turadi, tashlab qo’yish, mas’uliyatsizlik kamayadi. Bepul narsalarni qadrini oshirishning yana qanday yoʻllari bor. Bilsangiz ulashing! ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 30 Jul
Fikrni ifodalash Ona yosh farzandiga ish buyuradi: oshxonadagi shkafdan shu narsani olib kel, bola boradi va topolmasdan keladi. Biror narsani ifodalayotganimizda hammasi tushunarlidek tuyuladi. Chetdan qaraganda esa, umuman teskari. Siz hayotiy tajribangiz yaʼni backgroundingizdan kelib chiqib gapirasiz, qabul qiluvchi ham oʻz backgroundi asosida qabul qiladi. Ona narsani shkafni qaysi tokchasiga qoʻygani yodida, lekin bolada bunday tajriba halicha yoʻq. Miya doim oʻziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga murojaat qiladi, hayotiy tajribasi va bilimlari asosida xulosa chiqaradi. Ba’zan qandaydir g‘oyani yetkazishni, tushuntirishni juda xohlaysiz, lekin buni uddalay olmaysiz. Shu yerda ayb oʻzimizda, deb oʻylab qolaman. Chunki, fikrimizni toʻgʻri ifodalay olmayapmiz. Kerakli so‘zlarni tanlab bo‘lmaydi, fikrlar chalkashib, mavzudan mavzuga sakrab ketadi. ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 22 Jul
Biz doim aldaymiz… Tadqiqotlar koʻrsatadiki, biz odamlar toʻgʻridan-toʻgʻri berilgan savollarga rost, xolis javob bera olmaymiz. Tishingizni nima sababdan yuvasiz, deb so’rashsa, albatta, sog’lig’im uchun deb javob berasiz. Aslida, kimningdir oldida xijolat bo’lib qolmaslik yoki sarg’ayib ko’rinmasligi uchun yuvishingiz mumkin. Marketing tadqiqotlar o’tkazish chog’ida, mutaxassislar bu narsalarga eʼtibor qaratishadi. Savolga javob topish uchun сhuqur intervyu amalga oshiriladi. Savollarni to’g’ridan-to’g’ri emas, aylantirib so’rab ko’rishadi. Mijozlardan “mahsulot/xizmatimizning qanday kamchiligi bor”, deb so’rangiz, aksari “hammasi yaxshi, kamchiligi yo’q”, deyishlari mumkin. Agar “mahsulot/xizmatimizni yaxshilash uchun nimalar qilishimiz kerak”, deb soʻrasak ko’proq narsaga javob topamiz. Baʼzida rost, xolis so’zlashga xijolat boʻlamiz, koʻnglini ogʻritmaslik uchun istihola qilamiz. Savolni o’zgartirsak, shunda xolis javobga yaqinlashamiz, nazarimda. ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 17 Jul
Pedagogik bilimlar ham kerak 3-4 oy avval baʼzi koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida dars berishni boshladim. Pedagogik bilimlar nafaqat ustozlarga, balki, hayotda koʻplab insonga kerak boʻlishiga amin boʻldim. Maʼlumotni iloji boricha qulayroq yetkazish qobiliyati, qiyinni yengilroq, murakkabni oddiy, tushunarsizni tushunarli holga keltirish. Oʻzingizni doim oʻrganuvchi oʻrniga qoʻyib, tushunarli boʻlishi uchun yetkazishning maqbul shaklini oʻylash lozim. Notiqlik mahorati, lingvistik (toʻgʻridan-toʻgʻri nutq), paralingvistik (intonatsiyalar va pauzalardan foydalanish), tana tili (yuz ifodalari, imo-ishoralar), improvizatsiyalar nutqiy aloqa uchun muhimdir. Dunyoqarashni uzluksiz kengaytirib borish, zamonaviy dunyoda axborot oqimi shiddatlab bormoqda, bilish-qiziqish, yondosh sohalardan xabardorlik ham muhimdir. Diqqatni taqsimlash yaʼni oʻquvchilarda charchaganlik, e’tiborning susayganligi, tushunmovchilik paydo bo‘lganligini payqay olish va o‘z vaqtida javob bera olish. Tashkilotchilik qobiliyati, oʻquvchilarni yoki jamoani jipslashtiradigan, o‘zaro munosabatlarini shakllantiradigan tashkilotchisi sifatida. Bunga yana, darsning har bir daqiqasini foydali o‘tkazish, ishlarni to‘g‘ri taqsimlash, belgilangan vaqt oralig‘ida harakat qilish tajribasi ham kiradi. Suggestiv qobiliyat yaʼni irodaviy ta’sir ko‘rsatish, muayyan talablarni qo‘yish va so‘zsiz bajarishga erishish layoqati. Odatda, bu kabi koʻnikmaga ega ustozlar biz uchun doim sevimli boʻlib kelgan, nazarimda. Ustoz faqatgina sohaviy tomondan kuchli boʻlishi yetarli emas, pedagogik bilimlar ham kerak. Halicha bu koʻnikmalarni oʻzlashtirmadim-u, lekin harakat qilaman. ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 13 Jul
Shaxsiydagi oʻqilmagan xabarlar bilan maqtanish Oʻqilmagan shaxsiy xabarlarni jamlab borish urfga kirayotganiga takror guvoh boʻlyapman. Ish bilan bir insonga yozdim, bir kun kutdim. Ikkinchi kuni zarur boʻlgani uchun yana yozdim. Odatda kimgadir yozsam, maqsadimni koʻrsatib, bitta xabar koʻrinishida yuboraman. Uchrashganimizda soʻrasam, 20-30 tacha oʻqilmagan xabarlarni koʻrsatib, bularga javob berishga vaqti yetmasligini aytdi. Suhbatlashib turganimizda telefondan koʻp foydalanayotgani, reelslar, shortslar vaqt olib qoʻyayotganidan nolidilar. Shu yerda vaqt yetmasligini emas, xohlamasligini oʻylab qoldim. Xorijda e-maildan foydalanish haligacha saqlanib qolgan va oʻz etiketlari ham bor. - “Mavzu” qismini toʻldirish; - Xabar qisqa, loʻnda va aniq boʻlishi; - Murojaat qilishning aniq maqsadini koʻrsatish; - Elektron xabarga 48 soat ichida javob berish; - Javob berishga koʻproq vaqt zarur boʻlsa, unda buni bildirish. Juda muhim inson boʻlsa-da, maqsadini aniq yozib murojaat qilganlarga, albatta, javob berishadi. O’zimizda ham 5-6 ta loyihalarda faoliyat olib borib ham, xabarlarga vaqt topib, zudlik bilan javob beradiganlar bor. Odatda, bir turdagi xabarlarni javobsiz qoldiraman. Har kuni shablon yuboradiganlar (chorshanba tongi muborak va hk). Qolgan xabarlarga bo’shashim bilan javob beraman, uzog’i yarim kunda. Xabarlar bilan yig’ib, maqtanmoqchi bo’lmasangiz, kibrlanmasdan javob bering, qoʻlingizdan kelmasa aytib qoʻying. Sizga kimdir mushkuli tushganidan, darajangizni hurmat qilib xijolat boʻlib yozayotgan boʻlishi mumkin. Buni yechimi sifatida sizni sababchi qilib qoʻygan boʻlsa, ne ajab! Kimgadir murojaat qilayotganda, siz ham bir xabarda oʻz maqsadingizni aniq ifoda etsangiz, javobini tezroq olasiz degan umiddaman! ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)
Riqchachisqa 5 Jul
Siz auditoriya uchun emas, auditoriya siz uchun kontent yaratishi UGC — (user-generated content) foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent. Bu mahsulot yoki xizmat haqidagi izohlar, shahrlar, fotosuratlar, videolar, fikrlar boʻlishi mumkin. Yangi Iphone yoki MacBook olasiz va Unpacking qilib video joylaysiz, bu UGC kontentga misol boʻladi. Yoki boʻlmasa, Uzum Marketdan nimadir olmoqchi boʻlib, izohlaridagi sharh va fotosuratlargacha koʻrib chiqasiz. Odam koʻproq odamga ishonadi. Nielsen Media Research tadqiqotiga koʻra, xaridorlarning 92 foizi, sotib olish qarorini qabul qilishda boshqa odamlarning tavsiyalariga ishonishadi. UGC sidan ajoyib usulda foylanadigan brendlaridan biri, bu GoPro. Har safar ijtimoiy tarmoqlariga kirsam maza qilib tomosha qilaman. YouTubeʼda videolari esa dahshat)) Bunday kontentlardan Apple ham foydalanadi, foydalanuvchilari orasida“Shot on iPhone” nomli challenge eʼlon qilgan. Koʻpchilikni esida boʻlsa kerak, Coca Cola ham butilkalariga ismlar bilan “Share a Coke” reklama kompaniyasi mavjud. UGC sining salbiy tomonlarini hisob olib amalga oshirish kerak, albatta. Siz ham bunday kontentlarni uchratganmisiz? ✍️@notions_uz — Ilindim, siz ham ulashing)