TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Kikin willakuy tariy

Paqariy kanal @uztmk_official · Post #2630 · 6 Set

#TMK #AI#Innovation 🚀TMKda AI integratsiyasi: samaradorlikning yangi drayveri ✅O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zaro hamkorlikning istiqbollarini keng muhokama qildilar. Jumladan: ⚫️Geologiya-qidiruv jarayonlarini sun’iy intellekt orqali tahlil qilish orqali yerosti boyliklarini aniqlashda samaradorlik va aniqlikni keskin oshirish; ⚫️TMKning innovatsion kutubxonasida ilg‘or tajribalarni jamlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish; ⚫️ HSE tashabbuslarini ilgari surishda AI imkoniyatlarini qo‘llash; ⚫️Sun’iy intellekt yordamida situatsion markazga kelib tushadigan ma’lumotni tahlil qilish asosida zarur boʻlgan choralarni koʻrish kabi mavzular muhokama markazida boʻldi. 🌍 Ushbu hamkorlik sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va ekologik mas’uliyat sohalariga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. 🗣️Oldinroq Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov: “Sun’iy intellekt — bu katalizator, faqat biz keyingi 10 yillikni oldindan o‘ylab harakat qilishga tayyor bo‘lgan taqdirdagina”, degan edi oʻzining kamyob yer elementlarini qidirish va qayta ishlash jarayonlariga sun’iy intellektni joriy etish haqidagi nutqida. 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegrame

Tarikuykunap

2 kikin willakuy tarisqa

Ali Ahmad

@AlisherAhmatovich · Post #1384 · 17-09-2025, 03:31 a.m.

🌍 Markaziy Osiyoda ilk bor: “Web Summit Spotlight” Toshkentda o‘tkaziladi! 2025-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston mintaqamizda birinchi marta o‘tkazilayotgan dunyoning eng nufuzli texnologik anjumanlaridan biri — “Web Summit Spotlight” tadbiriga mezbonlik qiladi. IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan, “Web Summit” bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbir Markaziy Osiyoni global innovatsiyalar xaritasida yangi bosqichga olib chiqadi. Har yili Lissabonda o‘tkaziladigan “Web Summit” texnologiyalar kelajagini shakllantirayotgan 70 000 dan ortiq asoschilar, jahon miqyosidagi rahbarlar, investorlar va tadqiqotchilarni bir joyga to‘playdi. Endilikda Toshkent ham Lissabon, Rio, Vankuver, Gonkong va Doha qatorida “Web Summit” ekotizimiga qo‘shilib, global aloqalar, sarmoya va bilimlardan bevosita foydalanish imkoniyatiga yo‘l ochmoqda. ”Spotlight: Uzbekistan” jadal rivojlanayotgan mahalliy texnologik ekotizimimiz va xalqaro bozorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Sahnada global ekspertlar, venchur fondlar va tadbirkorlar innovatsiyalar kelajagini muhokama qilib, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar. Ma’ruzachilar orasida “Plug and Play Tech Center”, “StartupBlink”, “GB Ventures”, “Golden Gate Ventures”, “Google for Startups”, “EndeavorXR” va boshqa ko‘plab kompaniyalar rahbarlari bor. 2025-yilda O‘zbekiston tarixiy yutuqqa erishdi — ilk bor “StartupBlink” tomonidan tayyorlangan “Global Startup Ecosystem Index” reytingida Top 100 talikdan o‘rin oldi. Mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap markaziga va global miqyosdagi peshqadamlardan biriga aylanib, rekord darajadagi o‘sishni namoyish etdi. Bu yutuqni “Startup Genome” ham tasdiqladi. Tashkilot O‘zbekistonni mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida e’tirof etdi. 🚀 “Web Summit Spotlight” tadbirining Toshkentda o‘tkazilishi yangi investitsiyalar, qo‘shma loyihalar va startaplarimiz uchun global imkoniyatlarni taqdim etadi. Asosiy ma’ruza va muhokamalardan so‘ng, asoschilar “Investor’s Room” doirasida venchur fondlari bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘z loyihalarini taqdim etish va o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 👉 Ushbu tarixiy voqeaning bir qismiga aylaning: https://www.outsource.gov.uz/en/events/web-summit-spotlight-uzbekistan-the-first-central-asian-edition #Uzbekistan#WebSummit#SpotlightUzbekistan#Innovation#Startups

Ali Ahmad

@AlisherAhmatovich · Post #1293 · 29-05-2025, 06:04 p.m.

Uzbekistan’s Paylov raised $320K to reshape fintech. From launching superapps to adding USDT support, they’re building a next-gen platform with crypto, AI, and instant merchant onboarding. 🎥 Watch the full story in the video! Follow Startup Base to learn about the next promising startup. #Fintech#Crypto#USDT#Startup#Uzbekistan#Superapp#Visa#Mastercard#AI#B2B#Payments