TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
Valisher Botirov | Development avatar

TGINSIGHT CHAT

Valisher Botirov | Development

@valisherbotirov

Career

IT sohasida loyihalarni boshqarish va ishlab chiqarishda olgan kerakli malumotlarimni ulashib boraman. - Project Management - Shaxsiy rivojlanish 📥 Aloqa : @Botirov_Valisher Personal blog : https://t.me/+rfuECx3JFQM1ZjIy 🌐https://valisherbotirov.uz

Qatiqkuna254Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap302Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa6,983Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 1 / 26 · 302 willakuy

Riqchachisqa 9 Abr

Kompaniyamiz TELECOM SOFT MCHJ ga middle Flutter va Java backend dasturchilar qarayabmiz. Oramizda middle dasturchilar yoki tanishlar bo'lsa aloqaga chiqsangiz ko'rib chiqamiz. Batafsil vakansiya haqida - https://www.linkedin.com/jobs/view/4398498102/ CV uchun: @Botirov_Valisher @valisherbotirov

249 views

Riqchachisqa 6 Abr

Yaqinda telefon raqamimni MNP orqali Ucelldan Uzmobilega o'tkazishga tog'ri keldi. Qulaylik uchun yaratilgan bu imkoniyat yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'lgan, lekin hali ko'p serveslarga bunga moslashishmagan ekan. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz. 1. Ayrim servicelar orada MNP qilingan raqamlarni support qilmasdan qolishi. Natijada ro'yxatdan o'tish, tasdiqlash otp kodlari kelmasdan noqulaylik tug'dirishi. 2. Bank kartalariga ulangan sms xizmatini automatik yangilanmasligi. MNP aktivlashgan vaqting o'zidan barcha bank kartalarim sms xizmati o'chirilib fintech ilovalarda neactive holatga tushib qoldi. Uzcart kartalarda sms xizmatini online yoqish imkoni yo'qligi yana ortiqcha ovoragarchilikga sabab bo'ldi. Uzcart kartalarida sms xizmatni bankamat yordamida hohlagan inson kartasini hohlagan telefon raqamga aktivlashtirish mumkin, hech qanaqa tasdiqlashlarsiz. Xavfsizlik tomonlama hech qanaqa cheklov qo'yilmagan tizimda nega online sms xizmatini yoqish imkoniyatini qo'yishmagan ochig'i tushunarsiz 3. Raqamim ancha oldin olinganligi sabab oila a'zolarim nomiga olingan edi. MNP qildirib bo'lingach o'zimni nomimga rasmiylashtiraman desam afsus MNP qilib o'tgan kompaniya vazifalariga bu kirmas ekan, nomimga o'tkazish uchun yana qayta eski kompaniyaga o'tkazib ariza topshirib 3 oydan keyin o'zimga nomimga rasmiylashtirishim mumkin bo'larkan. Ajoyib a? Raqamli hukumat shaxsni o'zini nomidagi mobile raqam orqali malumotlarni berishni boshlagandan keyin bu narsa ancha muommo bo'ldi. Shundan buyon tizimlarga Mobile ID va OneID bilan kirolmayabman. 20-apreldan bank kartalari ham faqat shaxsni o'zini nomidagi raqamga sms xizmati yoqilishi haqida aytilmoqda, bu korparative raqam ishlatib yurganlar uchun yana ovorogarchiliklarga olib kelinadi 4. Shu jarayonda yana bitta muommoni aytib o'tish kerak. Telefon raqam rasmiylashtirilgan shaxs, o'zini shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yangilaganda telefon raqam eskisiga bog'langan holatda qolib ketar ekan. Yangisiga o'tkazish uchun esa eski hujjat malumotlari kerak bo'ladi....) MNP juda kerakli va foydali xizmat. Lekin foydalanuvchi tajribasi nuqtayi nazaridan hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan joylari ko‘p ekan. ☑️@valisherbotirov #MNP#UserExperience#DigitalServices#Fintech#Uzbekistan

217 views

Riqchachisqa 4 Mar

G’ayrat, sadoqatni kichik odatlar bilan ham shakllantirasan Ramazon kelishi bilan ish vaqtini 16:00 gacha qisqartiramiz. Jamoa uyiga, iftoriga ertaroq borsin, kamroq charchasin, deb. Odatda, shu e’lonning o‘zini ular bayramdek kutib oladi. Odamlar oylikdan ko’ra munosabatni ko’proq qadrlaydi. Ayniqsa, yuqori saviyadagi mutaxassislar. Doim ham bozordagi eng katta maoshni berolmasliging mumkin. Lekin yaxshi muhit yaratsang — yaxshi odamlar sen bilan uzoqroq qoladi. Yaxshi muhit shakllantirish esa mayda ishlardan boshlanadi: - Ochiq yuz bilan salom berishing - Rahbar-xodim ajratmay birga ovqatlanishing - Kasal bo‘lsa, hol so‘rashing - Ta’ziya bo’lsa, borishing - Navbatda hamma bilan turishing - Xatoni tan olib, tuzatishing Ro’yxat uzun. Va bular arzimasdek ko‘rinadi. Aslida esa jamoa shu narsalar bilan ishxonani baholaydi. Xulosa oddiy: Madaniyat buyruq bilan emas, namuna bilan quriladi. Namuna esa rahbarlardan boshlanadi. Sen o‘zingni oddiy menejer deb o‘ylashing mumkin. Lekin jamoang uchun — kompaniya madaniyati sensan. Amaliy boshqaruv videodarsligi @boshqaruvchiga

325 views

Riqchachisqa 4 Feb

Kompaniyamiz Telecom Soft ga Android va IOS dasturchilar qarayabmiz. Oramizda middle dasturchilar yoki tanishlar bo'lsa aloqaga chiqsangiz ko'rib chiqamiz. CV uchun: @Botirov_Valisher @valisherbotirov

499 views

Riqchachisqa 1 Feb

Har xil IT kompaniya Project va Product managerlari bilan yig'ilib muayyan mavzuda o'zara fikr almashdik. Muommo va yechim formatda o'tgan uchrashuv juda foydali bo'ldi. Suhbatda bitta real case oladigan bo'lsak, Muommo: Product owner yoki stakeholder tomonidan sprint davomida muhimlik darajasi baland bo'lgan fungsionalliklarni kirib kelishi Yechim: - Stakeholderlarga tog'ri tushuntirgan holda agar yangi vazifa kirsa o'rniga qaysi chiqishini aniqlashtirib olish - Sprint 10-15% hajmini support / urgent uchun ajratish - Rejani 10-15 % uchun buffer time qoldirish prioreti baland bo'lgan vazifalar uchun

510 views

Riqchachisqa 4 Ene

Miyamizdagi dopamin — bu zavq gormoni emas, bu "izlanish" gormoni. Siz har safar yangi Reels yoki TikTok videosini ko‘rganingizda, miyangiz "voy, yangi narsa!" deb dopamin chiqaradi. Bu jarayon sekundiga bir necha marta takrorlansa, miya shunaqa yuqori doza dopaminga o‘rganib qoladi. Keyin esa kitob o‘qish, dars qilish yoki eng muhimi — namozda turish zerikarli ko‘rina boshlaydi. Chunki u yerda har 3 soniyada "kadr" almashmaydi. «Kadr almashsa ham» bu miyada sodir bo’ladi. Natijada huddi eslolmagan reelsimiz kabi, 10 daqiqadan so’ng qaysi surani o’qiganimizni ham eslolmaymiz.

632 views

Riqchachisqa 29 Dic

Uztelecom kompaniyasiga 2 ta Product Designer izlayapmiz 📍 Joylashuv: Mo‘minov 4/2, IT Park, Toshkent 💼 ish tartibi: To‘liq ish kuni, 5/2 Jamoamizga qulay va zamonaviy interfeyslar yaratishda yordam beradigan tajribali Product designerlar izlayapmiz. Siz turli xil mahsulotlar ustida ishlash, dizayn tizimini rivojlantirish va millionlab foydalanuvchilar uchun raqamli xizmatlarni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Asosiy vazifalar: - Dasturchilar bilan hamkorlik qilish, dizayn yechimlaringiz sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish va tatbiq qilish (developing) jarayonida ko‘maklashish; - Mobil va veb-ilovalar uchun dizayn tizimlarini (design system) birgalikda qurish; - Jamoaga interfeyslarni barcha foydalanuvchilar uchun qulayroq qilishda yordam berish; - Mobil platformalarning (iOS - HUIG , Android - Material) yo‘riqnomalarini (guideline) muntazam kuzatib borish va ularni amaliyotga joriy etish. Sizdan kutiladi: - Dizayn tizimlari bilan ishlash tajribasi va ularning tamoyillarini tushunish; - Ommabop mobil platformalar (iOS, Android) yo‘riqnomalarini bilish; - Figma, Adobe Creative Suite dasturlaridan erkin foydalana olish; - Jamoada ishlash va eng maqbul yechimlarni topa olish qobiliyati. Nima uchun Uztelecom? ✨ Katta ta'sir imkoniyati: sizning interfeyslaringizdan millionlab foydalanuvchilar foydalanadi; 🌱 Kasbiy rivojlanish: barcha martaba bosqichlarda kompaniya va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanasiz; 🤝 Do‘stona jamoa: mutaxassislar bilan hamjihatlikda ishlaysiz; 🏢 Zamonaviy ofis: samarali ishlash uchun qulay ish muhiti yaratilgan. 📄 Qanday murojaat qilish mumkin: Ushbu formani to‘ldiring va portfoliongizni ham formada qoldiring

819 views

Riqchachisqa 19 Dic

Jahl chiqganda qaror qabul qilmaslik kerakligi bilamiz lekin aksar hollarda hissiyotlarga berilib qaror qabul qilib qo'yamiz Insonlardan kutilmani kamroq qilishni bilib lekin yaqin insonlarimizdan ko'proq narsani kutamiz Bunaqa misollar ko'p, ilm olishdan ko'ra unga amal qilish qiyin Oldinlari aqilli gaplar kimgadir foydasi tegishi uchun aytilgan. Xozir ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya yig'ish uchun aytilmoqda O'ylayman ijtimoiy tarmoqlarda mativatsiya va shaxsiy rivojlanish uchun yetarlicha gaplar aytildi, faqat endi ulardan uzilib o'zida bor malumotga qanday amal qilishni o'rganish qoldi ☑️@valisherbotirov

538 views

Riqchachisqa 24 Nov

https://youtu.be/I51BHcSLykY?feature=shared

669 views

Riqchachisqa 18 Nov

Bozor tendensiyasi startuplarga qarab ketmoqda, bo'lganda ham AI bilan bog'liq startup loyihalarga. Ichki bozorda hali startup loyihalar juda ham kam, biznes modeli kuchli bo'lmagan loyihalar ham bemalol investetsiya jalb qilolishyabdi. Startup qilmoqchi bo'lganlar bo'lsa o'ylayman xozir eng yaxshi vaqtda turibmiz. Bugungi Startup Garage tomonidan tashkillashtirilgan Demo day...

668 views

Riqchachisqa 27 Oct

Kompaniyamiz Telecom Soft ga bir nechta xodimlarni izlayapmiz. Ochiq vakansiyalar: - Middle Frontend Angular Developer - Middle UI/UX Dizayner Biz taklif qilamiz: - O‘sib boruvchi oylik - Katta va qiziqarli loyihalar - Ajoyib jamoa CV yuboring: @Botirov_Valisher @valisherbotirov

906 views

Riqchachisqa 16 Set

Professional "Yo‘q" deyish Bilarmidingiz? Rahbaringiz aslida sizdan "Yo‘q" deyishingizni kutadi. Har bir rahbar o‘z jamoasida "labbaychi", har bir topshiriqqa "xo‘p bo‘ladi" deydigan, savol bermasdan ishga kirishib ketadigan xodimlarni yoqtiradi, - deb o‘ylashadi. Yuzaki qaraganda shunday: kamroq muhokama, tezroq ishga kirishish. Lekin bu muvaffaqiyatsizlikka olib boradi. Kitobda qiziq gap o‘qib qoldim. Erik ismli qahramon aytgan gapi bor, bu gap har bir rahbar ish stoliga yozib qo‘yishiga arziydi: "Albatta, siz "Yo‘q" deyishingiz mumkin. Biz sizga fikrlashingiz uchun haq to‘laymiz, shunchaki ishni bajarish uchun emas." "Of course you can say No. We pay you to think, not to do." Nima uchun "Ha, xo‘p bo‘ladi"chi xodimlar xavfli? Tasavvur qiling, men jamoaga yangi bir loyiha ustida ishlashni topshirdim. Dasturchi hech qanday savol bermasdan, darhol kod yozishni boshladi. Ikki haftadan so‘ng u ishni tugatdi. Ammo keyin ma’lum bo‘ladiki: 1. Bu ish boshqa bir modul bilan ziddiyat hosil qilgan. 2. Loyihani yaratishda qo‘llanilgan yondashuv kelajakda katta "texnik qarz" (technical debt) qoldirgan. 3. Aslida, bundan ancha samaraliroq va tezroq yechim mavjud edi, lekin hech kim bu haqda o‘ylab ko‘rmagan. Natijada nima bo‘ldi? Vaqt, pul va eng asosiysi - jamoaning ishtiyoqi behuda sarflandi. Agar o‘sha dasturchi yoki jamoa boshida "Yo‘q, bu yondashuv to‘g‘ri emas, chunki..." deb aytganida, biz bu isrofgarchilikning oldini olgan bo‘lardik. Qanday qilib to‘g‘ri "Yo‘q" deyish mumkin? "Yo‘q" deyish – bu qo‘pollik yoki bo‘ysunmaslik emas. Bu – professional mas’uliyat. Muhimi, buni to‘g‘ri yetkazib bera olish. 1. "Yo‘q, chunki..." formulasidan foydalaning. Shunchaki "yo‘q, qilolmayman" demang. Sababini aniq va raqamlarga asoslanib tushuntiring. Salbiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun qila olmayman." Ijobiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun bajara olmayman, chunki hozirda men A loyihasining muhim qismi ustida ishlayapman. Agar chalg‘isam, ertangi reliz kechikishi mumkin. Bu esa korxonamiz uchun X miqdorida zarar keltirishi ehtimoli bor." 2. Muqobil yechim taklif qiling. Siz muammoning bir qismi emas, yechimning bir qismi ekanligingizni ko‘rsating. Salbiy: "Bu funksiyani ikki kunda qo‘shib bo‘lmaydi." Ijobiy: "Bu funksiyani to‘liq hajmda ikki kunda qo‘shishning imkoni yo‘q. Lekin, biz eng muhim qismini (MVP) ertaga tayyor qilib berishimiz mumkin. Yoki, agar bizga to‘rt kun vaqt berilsa, uni barcha testlardan o‘tkazib, barqaror versiyasini taqdim etamiz. Qaysi biri biz uchun hozir muhimroq?" 3. Ustuvorliklarni (prioritetlarni) aniqlashtiring. Ba’zida rahbariyat (yoki buyurtmachi) barcha vazifalar birdek muhim deb o‘ylaydi. Sizning vazifangiz - ularga haqiqiy vaziyatni ko‘rsatish. Savol bering: "Tushundim, bu juda muhim. Hozir men ishlayotgan A va B vazifalar bilan solishtirganda, bu yangi topshiriqning ustuvorligi qanday? Agar buni boshlasam, qaysi birini kechiktirsam bo‘ladi?" Xulosa Sizning ishingiz – shunchaki kod yozish, dizayn chizish yoki jadval to‘ldirish emas. Sizning ishingiz - korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun o‘z tajribangiz va aqlingizni ishlatishdir. Buning ichiga xavflarni oldindan ko‘ra bilish, noto‘g‘ri qarorlarni shubha ostiga olish va yaxshiroq yo‘llarni taklif qilish ham kiradi. Agar sizga biror vazifa berilsa, bir zum to‘xtang. O‘zingizga savol bering: * Bu vazifaning asl maqsadi nima? * Nima uchun aynan shu yo‘l tanlandi? * Bundan yaxshiroq, tezroq yoki arzonroq yechim yo‘qmi? * Bu ish kelajakda qanday muammolarga olib kelishi mumkin? Agar javoblaringiz sizni qoniqtirmasa, o‘z fikringizni aytishdan qo‘rqmang. Asosli dalillar bilan aytilgan "Yo‘q" — bu korxonaga qilingan eng katta yaxshilikdir. Unutmang, siz shunchaki klaviaturani bosishingiz yoki qog‘ozlarni to‘ldirishingiz uchun oylik olmaysiz. Siz tajribangiz, bilimingiz va eng muhimi - fikrlash qobiliyatingiz uchun haq olasiz. Shunday ekan, keyingi safar topshiriq olganingizda, o‘ylang. Agar kerak bo‘lsa, o‘z professional lug‘atingizdagi eng qudratli so‘zni ishlating: "Yo‘q, chunki..." 10.09.2025 London @DrAlgorithm

951 views
123•••10•••20•••2526
ÑawpaqQillqa 1 / 26Qhipan