TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Infoshop
Infoshop avatar

TGINSIGHT POST

Post #613

@infoshop_uz

Infoshop

Vizualizări3,740Număr vizualizări
Publicat12 nov.12.11.2022, 11:44
Conținut

Conținut postare

Rasmiylik belgisi – ishonch garovi 🧐 Biror yangi chiqqan xabarni "forward" qilishganida, uning ishonchli ekanligini bilish uchun odatda, kanal yoki guruh nomiga, a'zolari soniga va ✅Verified(tasdiqlangan) belgisi bor yoki yo'qligiga e'tibor qaratamiz. 🔍Izlash funksiyasidan foydalanganimizda ham, variantlar orasidan "galochka"si borini tanlaymiz. Chunki, bir xil nomdagi kanal-u guruhlar urchib ketgan bir paytda,bu belgi, biz uchun ishonch belgisi vazifasini bajaradi. Kuzatuvchilarini saqlab qolmoqchi bo'lgan blogerlar uchun bu belgi, haqiqiy ekanliklarini isbotlovchi "fishka"dir. 📌 Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun bu belgi shunchaki taqdim qilinmaydi. O'ziga xos bir necha shartlarga mos kelgan talabgorlargina uni qo'lga kiritishadi. Shuning uchun ham bunday belgili nomlar ularga nisbatan foydalanuvchida ishonch hissini uyg'otadi. ❓ Siz shunday belgiga ega qaysi kanal yoki blogerlarni kuzatib borasiz? Site | Telegram | Facebook | Instagram