Содержимое
Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar,xotin-qizlarni doimiy ish bilan qamrab olish borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha mazkur masalalarga bag’ishlangan yig‘ilishda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar boshlandi. Jumladan, Andijon shahridagi 900 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar hamda ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlari maxsus avtobuslar orqali “Ipak yo‘li erkin iqtisodiy zonasi” hududiga olib kelindi. Jarayonlarda, ishsiz fuqarolarga korxonalarda yaratilgan mehnat sharoitlari, ish jarayonlari hamda taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida izchil davom ettirilmoqda. Бутун Андижон кузатадиган канал, обуна бўлинг 👇 @ANDIJON_BUGUN