Содержимое
#keshbek 1% keshbek qachon qaytariladi? 2022-yil 1-yanvardan QR-kodli xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda. Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishini maʼlum qilamiz. Yaʼni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi. Agar siz chek bermaslik holatlariga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bering. Murojaatchiga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatidato‘lab beriladi. (PQ-5252-son). Maʼlumot uchun: to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart (PF-5813-son) 👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan? 👉Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati 👉15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab... Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram