Содержимое
🕹 Har yili tashkil etiladigan, O‘zbekiston dasturchilari ishtirokida bo’lib o'tadigan - GameDev Goethe 2023 video o‘yinlar taqdimotini o‘tkazib yubormang! 🎮24 sentyabr yakshanba kuni, dasturchilarimiz tomonidan ishlab chiqilgan qiziqarli o’yinlarni o’ynab ko’rish, yutuqli viktorinalarda ishtirok etish va eng muhimi eng yaxshi o’yinlarga ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ling! Sizning ovozingiz asosiy sovrinlarni kimlar qo‘lga kiritishini ham hal qiladi! 🕓 Tadbir dasturi: 15:00 GameDev Goethe 2023 ochilish marosimi 15:30 Video o‘yinlar taqdimoti 20:00 Yutuqli viktorina 21:00 Tadbir yakuni 🍰 Tadbir paytida o‘yinlarni o‘ynab ballar to‘plang va ularni shirin sovg‘alarga almashtiring! 📍Kirish bepul. Tadbir, Goethe Instituti hududida bo‘lib o‘tadi!