Содержимое
🔥 🔥 🔥 🔥 🔥 🔥 🔥 🔥 ⚡️⚡️⚡️ Ko'pchilik talabalarning iltimosiga binoan Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida tashkil qilingan "Procedure" amaliy to'garagiga qabul 17-oktabrga qadar uzaytirildi. 💬 💬 💬To'garak a'zolari quyidagi kompetensiyalarga ega bo'lishadi: ➡️ Jinoyat protsessiga oid qonunchilikni qo'llay olish; ➡️ Tergov va sud hujjatlarini mustaqil tuzish; ➡️ Jinoyat protsessidagi muammolarni tahlil qila olish. 👨🏫👩💻👮♂️ Mashg'ulotlar Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari va amaliyotchi xodimlar tomonidan olib boriladi. 📆📆📆 Mashg'ulotlar universitetning barcha bosqich talabalariga qulaylik yaratish uchun haftaning shanba kunlari olib boriladi. 📂📂📂To'garakga a'zo bo'lish uchun quyidagi hujjatlarni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasiga (2-bino 318-xona) taqdim etish lozim bo'ladi: 🪪 Passport (ID) nusxasi. 📖 Obyektivka. ⚠️ ⚠️ ⚠️Shoshiling! Mazkur to'garak bepul tarzda olib boriladi va joylar soni chegaralangan. @TSUL_procedure