Содержимое
#Ombudsman va Talaba-qizlar 🌟🌟🌟🌟🌟 Joriy yilning 5-7-dekabrida TDYU Ombudsmani y.f.d., professor Tolaganova Gulchexra Zaxitovna hamda Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan maslahatchisi Qodirova Mohigul Xamitovna tomonidan davra suhbatlari tashkil etildi. 👥 Mazkur tadbirda mamlakatimizning asosiy qonuni, qomusimiz bo’lgan Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining garovi ekanligi alohida e’tirof etildi. 📝 Ushbu davra suhbatlari: 🔘Jaholatga qarshi ma’rifat 🔘Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 🔘Talaba-qizlar huquqlarini himoya qilishda TDYU Ombudsmanining o’rni kabi masalalar muhokama qilindi va ta’lim sohasida ayollarga berilayotgan imtiyozlar ham ta’kidlandi. 📝 Targ’ibotlar so’ngida talaba-qizlar o’rtasida viktorina o’tkazilib, g’oliblar munosib taqdirlandi.