Содержимое
2️⃣2️⃣2️⃣🤝🌏👨🏫👩🏫 📢Joriy yilning 4-mart kuni, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "Jinoyat ishlarini tergov qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🎤 Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Dildora Bazarova ishtirok etdi. 📌 Dildora Bazarova tomonidan zamonaviy texnologiyalarning tergov jarayoniga ta’siri, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari va xalqaro tajriba bo'yicha fikrlar bildirildi. 🔍 Ilmiy-amaliy muloqot jinoyat ishlarini tergov qilishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha muhim fikr va takliflar bilan boyitildi. #TDYU#Huquq#JinoyatProtsessi#AxborotTexnologiyalari @TSUL_CPL