TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Jinoyat protsessi
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3220

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

Просмотры1,070Количество просмотров
Опубликован17 окт.17.10.2025, 04:39
Содержимое поста

Содержимое

👨‍💻👩‍💻🧠🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 ✅2025-yil 16-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o'qituvchisi G.Yusupdjanova tashabbusi bilan “Jinoyat-protsessida dalillar va isbotlash” moduli doirasida Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sayyor dars tashkil etildi. 🏛Mazkur darsda Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Q.H.Umidullayev , Sud iqtisodiy ekspertizasi boʼlimi bosh eksperti S.Xalmuxamedova, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudirasi R.Axmedova va Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri A.Normatov ishtirok etib, talabalar bilan jinoyat-protsessual faoliyatda sud ekspertizasining o‘rni hamda ahamiyati, zamonaviy ekspertiza usullari va ularning tergov amaliyotidagi qo‘llanilishi yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. 🤩Bunday darslar talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kelgusida professional faoliyatida mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi. #TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#SayyorDars ❤@TSUL_CPL🇺🇿