Содержимое
⚖️🧑⚖️TDYUda sayyor sud! ☄️Bugun, 2025-yil 21-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tashabbusi bilan Jinoiy odil sudlov fakulteti bilan hamkorlikda sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. ⚖️Mazkur sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi sudyasi Z.Latipov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan bog'liq jinoyat ishi ko'rib chiqildi. 🧩 Tadbir davomida talabalar sud majlisi tartibi, isbotlash jarayoni, dalillarni baholash va sud hukmi chiqarishning amaliy jihatlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🎓Bunday sayyor mashg‘ulotlar talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. #TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#SayyorSud ❤@TSUL_CPL🇺🇿