Содержимое
✅ Joriy yilning 27-noyabr kuniJinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o’qituvchilari yu.f.d. G.Tulaganova va yu.f.d. M.Kadirovalar tashabbusi bilan Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Ish bo’yicha narsa va hujjatlarni protsessual mustahkamlash va dalillarni saqlash tartibi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 🔹 Dars Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi raisi hozirda Odil sudlov Akademiyasi Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent, yu.f.f.d. Obidov Tolibjon Avazxonovich ishtirokida tashkil etildi. 🔹 Dars davomida isbotlash jarayonining nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, jinoyat protsessida dalillar maqbulligi masalalari muhokama qilindi. 👨🏻🎓Talabalar uchun ushbu uchrashuv amaliy tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 😎Telegram😎Instagram