Содержимое
#tanlov 📣Konstitutsiya — milliy taraqqiyotimiz poydevori! ✅2025-yil 4-dekabr kuni TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Suyunova Dilbar Joldasbayevna boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Конституционные звёзды лицея" nomli ta'lim tili rus bo'lgan guruhlar o'rtasida tanlov bo‘lib o‘tdi. @TSUL_CPL ✨📚Tanlovda 2-bosqich 8-guruh, 9-guruh va 10-guruh o‘quvchilari faol ishtirok etib, Konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlashdi hamda turli qiziqarli shartlarni bajardilar. 🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra, 2-bosqich 10-guruh jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🎖 2-bosqich 8-guruh va 2-bosqich 9-guruh jamoalari ham o‘z yo‘nalishlarida munosib o‘rinlarni egallab, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.