TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
Ichki turizm doirasida Samarqandga sayohat 🏛Universitet kasaba uyushmasi ko‘magida Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi jamoasi tomonidan ichki turizm dasturi doirasida Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat amalga oshirildi. 🌎Safar davomida kafedra jamoasi yurtimizning boy tarixiy-meros obidalari bilan yaqindan tanishib, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda maroqli hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ldi. ✅Bunday tashabbuslar jamoada ijobiy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi. 🏛 Kafedra jamoasi ushbu sayohatni tashkil qilishda amaliy yordam bergan universitet Kasaba uyushmasiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. @TSUL_CPL