TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
Statistlar kim? Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda ishtirok etuvchi shaxslar statistlar deb ataladi. Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu tergov harakatida shaxs tergov qilinayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan unga o‘xshash bo‘lgan boshqa shaxslar guruhi orasida, xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Shaxsni tanib olish uchun o‘tkaziladigan tergov harakatining obyekti faqat tirik odam hisoblanadi. @Milliy_huquq_maktabi