Содержимое
📢📢📢Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra Koreya Respublikasi Iqtisodiy siyosat institutiga qarashli “Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” jurnali ma’muriyati 2026-yil uchun ilmiy maqolalarni qabul qilish jarayonini boshladi. 🪪🪪🪪“Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida fanlararo tadqiqotlarga ixtisoslashgan va Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan iqtisodiy tahlil markazi hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan muntazam kuzatib boriladigan, dunyoning yetakchi ilmiy ma’lumotlar bazalariga (EconLit, ProQuest, SSRN, EconBiz, ESCI va b.) kiritilgan akademik jurnal. Jurnal har chorakda nashr etiladi va unda global nuqtai nazarlar, nazariy va empirik tadqiqotlar yoritiladi. 📝📝📝Qabul qilinadigan ilmiy maqolalar quyidagi mavzularni o‘z ichiga olishi, biroq bular bilan cheklanmasligi mumkin: ✅ savdo va xalqaro investitsiyalar; ✅ iqtisodiy integratsiya; ✅ mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik; ✅xalqaro moliya; ✅ xalqaro rivojlanish; ✅ Koreyani birlashtirish uchun xalqaro hamkorlik. 💻💻💻Maqola taqdim etish haqida ko‘rsatmalar jurnal veb-saytida batafsil keltirilgan (www.eaerweb.org). Jurnal mart, iyun, sentabr va dekabr oylarida nashr etiladi va maqolalar ko‘rib chiqish uchun davomiy tarzda qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun jurnal tahririyati aloqa manzillari: tel.: +82-44-414-1213, elektron pochta: [email protected]. 📁📁📁Jurnalda chop etilgan har bir maqola uchun muallifga 2000 AQSh dollari miqdorida gonorar olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, nominatsiya jarayonida tanlab olingan, e’tiborga molik maqolalar qo‘shimcha 4000 AQSh dollari miqdorida mukofotga sazovor bo‘lishi ham mumkin. “Sharqiy Osiyo iqtisodiy sharhi” mukofoti xalqaro iqtisodiyot mavzularini akademik soha va keng jamoatchilik orasida tushunishni rivojlantirishga namunali hissa qo‘shgan maqolalarga beriladi. @TSUL_CPL