TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Jinoyat protsessi
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3415

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

Просмотры1,460Количество просмотров
Опубликован2 мар.02.03.2026, 15:28
Содержимое поста

Содержимое

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professor-o’qituvchilari M.Kadirova, K.Mavlonov, B.Turg’unovlar hamda, iqtidorli talablar L.Qadambayeva Va I.Utashovalar tomonidan Yashnobod tumani 244-umumta’lim maktabida “Huquqiy kontentlarni yaratish” mavzusida o‘quvchilar o’rtasida kundalik hayotda uchraydigan huquqiy vaziyatlar bo‘yicha videoroliklar tanlovi tashkil etildi. Dastlabki bosqich ta’lim muassasalarida tashkil etilib, eng yaxshi ishlar tuman bosqichiga tavsiya etildi. G‘olib va sovrindorlarni aniqlash hamda eng yaxshi huquqiy kontentlarni ta’lim muassasalari va mahallalarda profilaktik material sifatida keng qo‘llash belgilab olindi.