Содержимое
📕 Yashnobod tumani 342-sonli umumta’lim maktabida joriy yil 13 - mart kunida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish maqsadida huquqiy diktant tadbiri tashkil etildi. 📖 Mazkur tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi yuridik fanlar falsafa doktori (PhD), o‘qituvchi Mamataliyeva Shahnoza Xushmamat qizi hamda sho‘ba o‘qituvchisi Uzbekova Dilshoda Tulkinovna tomonidan olib borildi. 📕Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy bilimlarning ahamiyati, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Huquqiy diktant o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning huquqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.