Содержимое
🕰️ 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlashning yaxlit tiziminijoriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, TDYU Jinoiy odil sudlov fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Qodirova tomonidan Toshkent shahri 149-son umumta’lim maktabida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusida tadbir tashkil etildi. 📝Tadbir davomida huquqiy ong va madaniyat, ta’lim va tarbiya, shaxs kamoloti, qonunga itoatkorlik, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va uning oqibatlari haqida suhbat asosida tushuntirishlar olib borildi. Tadbirda TDYU iqtidorli faol talaba-qizlardan L.Qadamboyeva ham so’zga chiqib, ta’limda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.