TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Jinoyat protsessi
Jinoyat protsessi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3497

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

Просмотры884Количество просмотров
Опубликован9 апр.09.04.2026, 14:54
Содержимое поста

Содержимое

👨‍⚖️2025-yil 9 aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquq sho’basi professori Suyunova Dilbar Joldasbaeva magistratura bosqichi magistrlari bilanJinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga tashrif buyurdi. 🧑‍⚖️ Tashrif davomida sudya bilan suhbat o‘tkazilib, u o‘z ish jarayoni haqida ma’lumot berdi hamda eng dolzarb jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayonlari haqida so‘zlab berdi. Talabalar firibgarlik, o’g’irlik bo‘yicha apellyatsiya tartibidagi ishlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📖 Shuningdek, ular sud jarayonida advokat va sudyalarning o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritish jarayonlarini ham bevosita kuzatishdi. Tashrif davomida talabalar sud amaliyoti bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 🧑‍⚖️📕.