TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
Joriy yil 14 Aprel kunida Jinoyat protsessual huquqi sho’basi professori-o’qituvchilari A.Davronov Va K.Mavlonovlar “Maqsad, bilim va masʼuliyat – muvaffaqiyat asosi” mavzusida universitetning iqtidorli va yutuqlarga erishgan talabalari bilan birgalikda motivatsion hamda maqsadga yo‘naltirilgan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir 244-maktabda o‘tkazilib, unda o‘quvchilarga aniq maqsad qo‘yish, bilim olishga intilish hamda shaxsiy masʼuliyatni his etishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida talabalarning shaxsiy tajribalari, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari misolida o‘quvchilarda motivatsiya uyg‘otildi.