TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
📕 2026-yil 21-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquq sho’basi professor-o’qituvchilari D.Uzbekova, Sh.Mamataliyeva va B.Turg’unov tomonidan Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabalari uchun “Jinoiy odil sudlov” fani bo’yicha master-klass dars tashkil etildi. Darsga amaliyot vakili sifatida Toshkent shahar Chilonzor tumani tergovchisi Jahongir Suyunbayev taklif etilib, u o’zining amaliy tajribasini talabalar bilan baham ko’rdi. Mazkur master-klass talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashda muhim ahamiyat kasb etdi. ⚖️🎓