TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
👨⚖️ “Jinoyat-protsessual huquqi” fanidan olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, joriy yilning 21-aprel kuni “Jinoyat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sayyor dars tashkil etildi. Talabalar Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori v.b., yu.f.n. A.Tadjibayeva boshchiligida bevosita sud protsesslarini kuzatib, sud ish yurituvining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. 👨⚖️