TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
“Jinoiy odil sudlov asoslari” fanidan olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, joriy yilning 23- aprel kuni “Jinoyat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-kurs A potok talabalari uchun Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi katta o’qituvchisi G.Yusupdjanova tomonidan Jinoyat ishlari bo'yicha Olmazor tuman sudida sayyor dars tashkil qilindi. Talabalar Jinoyat ishlari bo'yicha Olmazor tuman sudi tergov sudyasi A.Normuhamedov raisligidagi sud protsessini kuzatib, sud ish yurituvining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. 👨⚖️