Содержимое
Встреча с координатором ОТГ В ЦВПИ прошла встреча-беседа с координатором Представительства Организации Тюркских Государств в ВенгрииДавидом Биро. В мероприятии также приняли участие экспертыЦентра «Стратегия развития» и Центра международных перспективных исследований. В ходе блиц сессии в формате «вопрос-ответ»Давид Биро раскрыл видение Будапешта роли Организации Тюркских Государств в современном мире и параметров кооперации стран-участниц в будущем, уделив особое внимание перспективам развития культурно-гуманитарных и торгово-экономических связей. Обсуждения затронули практические шаги по превращению Венгрии в связующий Европу и Центральную Азию мост. Реализуя политику открытия на ВостокБудапешт уже стал стратегическим партнером стран-членов ОТГ. Дискуссия также сосредоточилась на развитии цепочек поставок и диверсификации энергетики. Участники подчеркнулинеобходимость созданияэффективных логистических маршрутов для связи стран Тюркского мира с европейскими рынками. ————- TDT Koordinatori bilan uchrashuv TSTMda Vengriyadagi Turkiy Davlatlar Tashkiloti Vakolatxonasi koordinatori David Biro bilan uchrashuv-suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ekspertlari ham ishtirok etdilar. “Savol-javob”shaklidagi blits sessiya davomida David BiroBudapeshtning zamonaviy dunyoda Turkiy Davlatlar Tashkiloti tutgan o‘rni va tashkilotga a’zo mamlakatlar hamkorligining kelajakdagi yo‘nalishlari haqidagi qarashlarini bayon qildi. Ayniqsa madaniy-gumanitar va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida VengriyaningYevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylanishi bo‘yicha amaliy qadamlar muhokama qilindi. Sharqqa ochilish siyosatini amalga oshirayotgan Budapesht bugungi kunda TDTga a’zo davlatlarning strategik hamkoriga aylangan. Shuningdek, muhokamalarda ta’minot zanjirlarini rivojlantirish va energetika sohasini diversifikatsiya qilish masalalari markazda bo‘ldi. Ishtirokchilar Turkiy dunyo mamlakatlarini Yevropa bozorlariga bog‘laydigan samarali logistika yo‘nalishlarini yaratish zarurligini ta’kidladilar. English version is here